Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda «prava» olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bandixon, Denov tumanlari va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Unda, "A.A." MChJ va “Ya.M.” xususiy avtomaktabi o‘rgatuvchi ustalari 2 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 800 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. fuqaro N.X.ga go‘yoki Beruniy tumani YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Vobkent tumani bo‘limi va Buxoro viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.R. fuqaro G.T.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:15 / 19.04.2025
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi
11:12 / 15.01.2025
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW
12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi
13:40 / 25.06.2024