Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyadan Turkiyaga ekstraditsiya qilindi
Rossiya qotillikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini Turkiyaga ekstraditsiya qildi.

Foto: Sergey Savostyanov / TASS
Turkiyada mehmonxona egasini o‘ldirganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Hasanjon Aminov Rossiyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib «Interfaks» xabar berdi.
Turkiya huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Aminov sherigi bilan Istanbuldagi mehmonxonada ishlagan va 2019 yil iyul oyida uning egasini o‘ldirib, mamlakatni tark etgan. U Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan va faqat 4 yildan keyin Qozon shahrida hibsga olingan.
2023 yil dekabr oyida Rossiya Bosh prokuraturasi Turkiyaning qidiruvdagi shaxsni ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. 15 mart kuni Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Aminovni Moskvaning Vnukovo aeroportida turkiyalik hamkasblariga topshirdi.