Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston «Kurchatov instituti» ilmiy markazi bilan loyihalarni kengaytiradi
19 mart kuni O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarda to‘plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Rossiya universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston–Rossiya ta’lim forumi haqida gapirilarkan, bunday anjumanlar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar yuqori texnologik sohalarda ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlikka urg‘u berdi, jumladan Rossiyaning eng yirik ilmiy markazlaridan biri - «Kurchatov instituti» milliy ilmiy markazi bilan loyihalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil qilish hamda bu maqsadda yangi hamkorlik hujjatini imzolash yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025