Kiyev aholisi Rossiya raketalaridan bekinmoqda - va harbiylar uchun qon topshirmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 757-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Krasnoyarsk o‘lkasida bir qancha koloniyalarni yopish rejalashtirilmoqda. Mahbuslarning aksar qismi urushga ketgani tufayli qamoqxonalar bo‘shab qolgan.
- Rossiyada aviatsiya bombalarini ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb hisob berdi Sergey Shoyguga mudofaa zavodlari direktori.
- Mikolayiv o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan.
- RF mudofaa vazirligi Belgorod oblasti ustida Vampire baravar o‘t ochish reaktiv tizimining 10 ta snaryadi urib tushirilgani haqida ma’lum qildi. Belgorod o‘qqa tutilishi vaqtida besh kishi jarohatlangan.
- Chegaradagi Grayvoron shahri ma’muriyati mahalliy aholini Belgorod oblastini tark etishga chaqirdi.
Kiyev o‘qqa tutilishi
Rossiya qo‘shini 21 martga o‘tar kechasi Kiyev bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Bu Ukraina poytaxti so‘nggi 44 kun ichida ilk bor o‘qqa tutilishi bo‘ldi. Shahar meri Vitaliy Klichko Shevchenkovo va Svyatoshinskiy rayonlarida 10 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Ularning ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan. RF qo‘shini bosqinning ilk kunlaridan buyon Kiyevni o‘qqa tutib keladi.
Kiyevdagi katolik ibodatxonasida askarlar uchun donorlik qoni yig‘ilmoqda
Ukrainada mamlakatni himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar uchun muntazam ravishda qon yig‘ish aksiyalari o‘tkaziladi. Donorlik davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlanadi, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bosqini boshidayoq harbiylar uchun qon berishga chaqirgandi. Nodavlat tuzilmalar, jumladan diniy tashkilotlar ham harbiylar uchun qon yig‘ish ishlari bilan shug‘ullanadi. Masalan, Kiyevdagi Avliyo Mikolayiv cherkovida shunday tadbir amalga oshirildi.
Donetsk oblastidagi ukrain merganlarining tungi mashg‘uloti
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024