Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi teraktni qoraladi va jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi
Davlat rahbari Moskva viloyati, Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoraladi. Qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya izhor qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoraladi.
Davlat rahbari fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya maktubini yo‘lladi.
Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi bildirilgan.
Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Avvalroq, Moskva viloyati, Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida otishma yuz bergani, noma’lum shaxslar avtomat miltiqdan odamlarga qarata o‘q uzgani, o‘nlab qurbonlar borligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
09:30 / 24.04.2025