Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 martdan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi
Bahorgi iliq kunlar boshlangani va harorat ko‘tarilishi munosabati bilan 26 martdan boshlab Toshkent shahrida 2023-2024 yilgi isitish mavsumi tugallanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, bunda shahar gidrometeorologiya markazining ma’lumotlari va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligi inobatga olingan. Shunga muvofiq, joriy yilning 26 mart kunidan 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘g‘risida"gi 194-sonli qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025