Italiya Rim yaqinida natsistlar qirg‘ini qurbonlarini xotirladi
1944 yil mart oyida natsistlar partizanlar tomonidan «Botsen» SS polkining 33 nafar politsiyachisi o‘ldirilgani uchun o‘ch olish maqsadida Rim yaqinida 335 italiyalikni otib tashlagan. Germaniya madaniyat vaziri Rot o‘sha voqealarni «dahshatli jinoyat» deb atadi.

Foto: Cecilia Fabiano/LaPresse/dpa/picture alliance
Italiyada 24 mart, yakshanba kuni 80 yil avval Rim yaqinida nemis natsistlari tomonidan otib tashlangan italiyaliklarni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Germaniya nomidan madaniyat vaziri Klaudia Rot ishtirok etdi.
1944 yil 24 martda Rimning janubiy chekkasida joylashgan Ardeatin g‘orlarida jami 335 nafar italiyalik qatl qilindi. Bu SS qo‘shinlarining avvalroq Razella ko‘chasida Italiya qarshilik harakati a’zolari tomonidan amalga oshirilgan suiqasd uchun qasos bo‘ldi, hodisa natijasida SS «Botsen» polkining 33 politsiyachisi o‘ldirilgandi.
Germaniya madaniyat vaziri: «Yakuniy chiziqni chizib bo‘lmaydi»
Klaudiya Rot 80 yil oldin Rim yaqinida sodir bo‘lgan voqeani «dahshatli jinoyat» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Germaniya Italiya va butun Yevropa oldidagi tarixiy mas’uliyatini anglaydi: «Yakuniy chiziqni chizish mumkin emas».
O‘z navbatida, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni yozma bayonotida 1944 yilda Rim yaqinida natsistlarning italyanlarga qarshi qirg‘ini «milliy hamjamiyatga yetkazilgan eng og‘riqli jarohatlardan biri» ekanligini ta’kidladi.
Natsistlarning Ardeatin g‘orlarida italiyaliklarni qirg‘in qilishi
Ta’kidlanganidek, 1944 yildagi fojiali voqealar Italiyada fashistlar qo‘shinlarining eng dahshatli jinoyatlaridan biriga aylandi. Ikkinchi jahon urushi boshlangan 1939 yilda Italiya fashist-diktator Benito Mussolini boshchiligida Hitler Germaniyasining ittifoqchisi edi. 1943 yil iyul oyida Mussolini hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Italiya qisman Germaniya tomonidan bosib olindi. Shu bilan birga, mamlakatda partizan harakati ham faol edi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin Rim yaqinidagi ommaviy qirg‘in qurbonlarining jasadlari eksgumatsiya qilindi. 1948 yilda qirg‘inni uyushtirgan SS obershturmbannfyureri Gerbert Kappler Italiyada umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1977 yilda esa u Rimdagi harbiy gospitaldan qochishga muvaffaq bo‘ldi, 1978 yilda Germaniyada vafot etdi. 1944 yilda SS «Botsen» polkiga partizanlar hujumidan so‘ng Kappler har bir o‘ldirilgan nemis uchun o‘n italiyalikni o‘ldirishni buyurgan.
Qatl qurbonlari orasida konsentratsiya lageriga jo‘natish uchun tayyorlangan 75 yahudiy ham bor edi. 335 kishi qatl etilgandan so‘ng, natsistlar Ardeatin g‘orlarini portlatib yuborgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

11:54 / 31.03.2025
Italiya Rossiyani YeI obekti ustidan dron uchirganlikda gumon qilmoqda

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

19:21 / 20.02.2025
Italiyalik jurnalistlar josuslik dasturi sabab hukumat ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

00:09 / 20.02.2025