Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada sanksiyalarga chap berib mashina yetkazish ommaviy bloklana boshladi
Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari Belarus va u orqali Rossiyaga narxi 50 ming yevrodan, dvigateli sig‘imi 1,9 litrdan yuqori mashinalarni erkin o‘tkazishni cheklay boshladi. Bunday mashinalarni yetkazib berish sanksiya bilan taqiqlangan, endi ularni mamlakatdan olib chiqish uchun ishlab chiqaruvchining yozma ruxsati kerak bo‘ladi.
Polsha bojxonachilari qimmatbaho avtomobillar, shuningdek dvigateli sig‘imi 2 litrdan boshlanuvchi avtomobillarni Belarusga, u orqali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqning boshqa davlatlari — Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armanistonga o‘tkazishni taqiqlamoqda. Bu haqda avtosavdo korxonalari o‘z mijozlariga xabar bergan. Ularning bergan ma’lumotiga ko‘ra, polshalik bojxonachilar avtomobilning ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotini Yevropa ittifoqidan olib chiqib ketilishi uchun yakuniy iste’molchi Rossiya Federatsiyasidan tashqarida ekanini tasdiqlab, avtomobilni olib chiqish sanksiyalarning buzilmasligiga kafolat beruvchi ruxsatnoma berishi kerak.
Bu haqdagi e’lonlar nazorat-o‘tkazish punktlariga ham ilib qo‘yilgan. Bunday e’lonlarning fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda avtomobilni haydab keluvchilar tarqatishmoqda.
«Bu 22 mart juma kunidan boshlandi. Endi chegaralarda ulkan navbatlar hsil bo‘lgan. Bunday taqiq Litvada ham joriy etilgan. Belarus bilan chegarada bizning uchta avtomobilimiz to‘xtab qolgan. Bu juda og‘riqli, chunki Klaypedaga AQShdagi auksionlarda xarid qilingan qimmatbaho avtomobillar olib kelinadi», – deydi avtomobillarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi bojxona brokeri.
Yevropa Ittifoqi aqtomobillarni Rossiyaga eksport qilishga taqiq o‘rnatgan. Lekin avtomobillar Belarus orqali yoki boshqa mamlakatlarga soxta tranzit bilan rasmiylashtirilib Rossiyaga kirib kelishda davom etgani hech kimga sir emas, deydi broker.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
16:35 / 23.05.2025