Jahon | 23:23 / 26.03.2024
12808
1 daqiqa o‘qiladi

NATO o‘z chegaralari yaqinida Ukraina osmonidagi Rossiya raketalarini urib tushirishni boshlashi mumkin

NATOdagilar Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar chegaralariga yaqinlashgan Rossiya raketalarini urib tushirish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anjyey Sheyna aytib o‘tgan.

Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anjyey Sheyna. Foto: pap.pl

«NATO doirasida turli konsepsiyalar, jumladan ular NATO chegaralariga juda yaqin kelganda ularni urib tushirish tahlil qilinmoqda», — degan Sheyna RMF24 radiostansiyasi efirida.

Biroq, Sheyna Ukraina osmoni uzra uchayotgan raketalarni urib tushirish bilan bog‘liq vaziyatda tegishli qaror “faqat Ukraina tomonining roziligi bilan, uning xalqaro oqibatlarini hisobga olib qabul qilinishi” mumkinligini qayd etgan.

Avvalroq o‘q-dorilar keskin tanqisligi sababli Ukraina qurolli kuchlari o‘z shaharlarining havo mudofaasi uchun raketalarni mart oyi oxirigacha tugatishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid