Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida «Mahalla yettiligi» a’zolarining ishga kelib-ketishi bo‘yicha davomat yuritiladi
Toshkent viloyatida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining («Mahalla yettiligi») ishga kelib-ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi.
Viloyat hokimi tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, bunda «Mahalla yettiligi» a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish, «Mahalla yettiligi» a’zolarining ishga kelishi va ishdan ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish mo‘ljallangan.
Shuningdek, «Mahalla yettiligi» a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari va davomat (tabel) hujjatini saqlash, «Mahalla yettiligi» a’zolari mehnatiga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan to‘ldirilgan tabel asosida haq to‘lanishi nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- har bir mahalla fuqarolar yig‘ini huzurida mahalla raisi rahbarligida «Mahalla yettiligi» tashkil qilinishi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasiga «Mahalla yettiligi» kiritilishi;
- «Mahalla yettiligi»ning funksiyalari, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari belgilanishi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025