O‘zbekiston | 10:06 / 26.03.2024
37438
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 

Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Shahar sudi xabariga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida A.S. (1957 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, nafaqaxo‘r, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq A.S. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.

Mavzuga oid