Bolalar ombudsmani otasi tomonidan zo‘ravonlikka uchraganini aytgan 16 yoshli qiz bo‘yicha ma’lumot berdi
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘smir qiz o‘z otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganligi haqida gapirayotgani aks etgan video kelib tushdi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Qizning murojaatiga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan M.Sh. (qiz bola) va 2010 yilda tug‘ilgan N.Sh. (qiz bola)ning onasi 2018 yilda vafot etgan.
Qiz onasining o‘limidan so‘ng, otasi N.R. unga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar, shilqimliklar qilib, bir necha yil davomida muttasil kaltaklab ham kelgani, turli haqoratlar bilan uning sha’ni-qadr qimmatini poymol qilganini bildirgan.
M.Sh. va N.Sh. bir necha marotaba uydan chiqib ketgani sababli buvisi N.L. nevaralari bedarak yo‘qolgani haqida bergan arizasiga ko‘ra hamda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh.ning otasi N.R. harakatlariga huquqiy baho berish uchun mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Hozirda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgani sababli, Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan va ularga zaruriy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
20:57 / 31.10.2024
Sudanda 130 ayol jinsiy zo‘ravonlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi
09:30 / 23.10.2024
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:57 / 12.10.2024