Jamiyat | 18:10 / 28.03.2024
16903
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda mast haydovchi urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Haydovchi ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyatida mast qiluvchi iste’mol qilgan holda mashina boshqargan shaxs piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 19 mart kuni Forish tumani Egizbuloq mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 21:15 larda ichki yo‘lda 45 yoshli haydovchi “Nexia-2” mashinasi bilan harakatlanib kelib, yo‘l chetidan ketayotgan 20 yoshli piyodani urib yuborgan.

So‘ng jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olgan.

O‘sha paytda jabrlanuvchini u bilan birga bo‘lgan hamkasbi shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qarmasdan vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Forish tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi ayblanuvchi tariqasida ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan yigit Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan.

 

Mavzuga oid