Prezident Namanganda yashovchi 108 yoshli Ibrohimjon Xo‘jayevga Traverse avtomashinasini sovg‘a qildi
Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan prezident nuroniy Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayevga Traverse avtomashinasini tuhfa qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 108 yoshli namanganlik nuroniyga bayram tuhfasini yubordi.
Yaqinda prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida iftorlikda ishtirok etib, kayvoni nuroniylar bilan muloqotda bo‘lgandi.
Namangan24 kanali xabariga ko‘ra, Namangan tumanidagi Mullakuding qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 108 yoshli Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayev davlat rahbari haqiga duoda bo‘lgandi.
Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan prezident nuroniy Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayevga Traverse avtomashinasini tuhfa qildi, deyiladi xabarda
.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

17:17 / 22.05.2025