O‘zbekiston | 10:47 / 29.03.2024
4739
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident «Yashil makon» doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi

Nurafshon, Bekobod shahri, O‘rta Chirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.

Davlat rahbari “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Toshkent viloyatida daraxt ekish bo‘yicha boshlangan loyihaga ko‘ra, Nurafshon, Bekobod shahri, O‘rta Chirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. 

Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 million so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinadi. Yer tayyor holga keltirilib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi. 

Bu tashabbus ma’qullanib, har bir viloyatda kamida 20 gektardan yer ajratib, ushbu tajribani boshlash topshirildi. 

Viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlaridagi kamida 2 tadan markaziy ko‘chada mahalliy iqlimga mos gul ko‘chatlarini ekib, ularni tematik ko‘chaga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid