Jahon | 16:00 / 29.03.2024
13891
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklar qimmat narxlar va banklar bilan bog‘liq muammolar tufayli Dubaydan qochishmoqda

Dubay rossiyaliklar uchun o‘z jozibasini yo‘qotmoqda. AQSh bosimi ostida banklar talablarni kuchaytirmoqda va hisobvaraqlarni sanksiya ostiga tushgan deya hisoblab, yopmoqda. Binobarin yashash qiymati keskin oshgan.

Foto: kommersant.ru

Insonlar va kapitallar kelishi sekinlashmoqda, Dubayga joylashib olgan rossiyaliklar sarmoyalarini qisqartirib, yo Rossiyaga qaytishmoqda yoki boshqa davlatlarga ko‘chib ketishga majbur bo‘lishmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Henley & Partners’ning Yaqin Sharq bo‘yicha direktori Filipp Amarantning Bloomberg’ga ma’lum qilishicha, bu borad «trend pastlamoqda», ya’ni tobora rossiyaliklarning kamrog‘i BAAga o‘rnashib olgan: «Rossiyalik mijozlarimning ayrimlari ikki yil muqaddam xarid qilingan Dubaydagi ko‘chmas mulklarga sarmoyalarini qisqartirdi». Ayrimlari Moskvaga qaytib ketishdi, degan rieltor. Betterhomes rieltorlik kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda BAAda ko‘chmas mulk xarid qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan Rossiya fuqarolari 2023 yilda 3-o‘ringa tushib ketgan.

Banklar Rossiya kompaniyalariga nisbatan ham sinchkovlik bilan tekshiruvlar olib bormoqda. Bu sanksiyalarni chetlab o‘tishga imkon qoldirmaslikka harakat qilayotgan AQShning bosimlari bilan ham bog‘liq, shuningdek amirlik hokimiyati FATF me’yorlariga amal qilishayotganini namoyish etishga intilib kelishmoqda. Rossiyaliklarga qarshi me’yorlarni so‘nggi oylarda Emirates NBD Bank, Mashreqbank, First Abu Dhabi Bank, Misrning Banque Misr bankining Dubay bo‘limi kuchaytirgan.

Logistika va bank bilan bog‘liq murakkabliklardan so‘ng «Norilskiy nikel» AJ BAAda savdo vakolatxonasi ochish fikridan qaytgan. Narxlar qimmatligi uchun «Yevroxim» ham Dubaydagi ofisining bir qismini yopib, Moskvaga ko‘chirgan.

Masalan, «VTB kapital»da ishlab chiqarish uskunalari bilan band bo‘lgan Ivan Kozlov 2022 yilning mayida Dubayga ko‘chib o‘tgan edi, endi esa u Yevropaga ko‘chmoqchi. Kozlov Dubaydagi boshqa ruslarda ham mamlakatni tark etish kayfiyati hukmron ekanini aytgan: «Bu xuddi aeroportdagi qahvaxonaga o‘xshaydi, hamma o‘z reysini kutib o‘tiribdi».

Mavzuga oid