O‘zbekiston | 10:14 / 29.03.2024
4963
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining 12 tumanida ko‘chat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan

Taxiatosh, Mirzacho‘l, Zafarobod, Sharof Rashidov, Baxmal, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Yangiyo‘l tumanlari, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyo‘l shaharlari, Toshkent shahrining 12 ta tumanida ko‘chat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan.

Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sug‘orish va ko‘chatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

Masalan, bog‘ uchun Qoraqalpog‘istonda 47 gektar, Namanganda 25 gektar va Qashqadaryoda 26 gektar ajratilib, ishlar boshlab yuborilgan. Lekin Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari haligacha qaror qabul qilmagan.

Ayniqsa, Taxiatosh, Mirzacho‘l, Zafarobod, Sharof Rashidov, Baxmal, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Yangiyo‘l tumanlari, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyo‘l shaharlari, Toshkent shahrining 12 ta tumanida ko‘chat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.

Mavzuga oid