O‘zbekiston | 12:32 / 29.03.2024
24411
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qurilishi bitmagan binoning beton bo‘laklaridan biri qulab tushdi

Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Qushbegi ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uy devorlari shamol natijasida qulab tushgani haqida bildirilgan murojaat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, holat Toshkent shahri Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasi 2/1-uy manzilida joylashgan, yerto‘laga ega sakkiz qavatli ofis va umumovqatlanish binosi qurilishida sodir bo‘lgan.

Hududiy inspeksiya tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, qurilish-montaj ishlarining ko‘p yillar davomida moliyaviy sabablarga ko‘ra to‘xtatib turilgani va hozirda obektda qurilish ishlarini davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari kechayotgani aniqlangan.

Yollanma ishchilar tomonidan obekt devorlarini demontaj qilish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilishi oqibatida beton bo‘laklaridan biri qurilish maydonidan tashqariga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan qurilish-montaj ishlarini loyiha va qurilishda texnika xavfsizligi talablari asosida olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berib o‘tilgan.

Mavzuga oid