Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Haydovchi haydovchilik guvohnomasiga ham ega bo‘lmagan.
Joriy yilning 27 mart kuni Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (migalka) chiroq o‘rnatib, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisiga nisbatan MJtKning 128-5-135-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Haydovchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagani sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Haydovchi, unutmang yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025