O‘zbekiston | 09:55 / 30.03.2024
35080
3 daqiqa o‘qiladi

O‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari tasdiqlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari, xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

  • Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
  • Davlat tili fani (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma;
  • Matematika fanidan — yozma;
  • O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
  • Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi.

11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

  • Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
  • Matematika fanidan — yozma;
  • O‘zbek tili fanidan (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun, ta’lim muassasasi tanlovi asosida) — yozma va og‘zaki;
  • Chet tili fanidan  — yozma/og‘zaki;
  • O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
  • (O‘quvchining tanlovi bo‘yicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda o‘tkaziladi.

Bitiruv imtihonlari (jismoniy tarbiya fanidan tashqari) 2024 yil 26 maydan 15 iyunga qadar, xususan:

9-sinflar bitiruvchilari uchun:

  • Ona tili va adabiyot fanidan — 27 may kuni;
  • Matematika fanidan — 30 may kuni;

11-sinflar uchun:

  • Ona tili va adabiyot fanidan — 29 may;
  • Matematika fanidan — 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Jismoniy tarbiya fani imtihonlari (9-sinf o‘quvchilari uchun) 2024 yil 1-6 may kunlari malakali tibbiyot xodimlari nazorati ostida o‘tkaziladi.

Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinadi.

Ma’lumot uchun: 11-sinfda har bir o‘quvchining ixtiyoriy tanloviga ko‘ra tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin o‘quvchining arizasiga ko‘ra tanlanadi.

11-sinfda har bir o‘quvchining ixtiyoriy tanlovi va ota-onalarning fikrlariga asoslanib tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin ta’lim muassasasi tomonidan tanlanadi;

Tanlov fani majburiy fanlardan tashqari taklif etilgan fanlar orasidan tanlanadi.

Mavzuga oid