Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanayotgan shaxs aniqlandi
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi hamda Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Unda Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasida joylashgan qurilish obektida fuqaro G‘.M. tomonidan 2 ta radioelektron vositalardan (ratsiya) tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirmasdan foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Bu bilan fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.
Ushbu huquqbuzarlik sabablari «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonun 12-moddasi hamda «Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan hujjatlar to‘plami umumlashtirilib, fuqaroga nisbatan MJtKning 152-moddasi 1-qismiga asosan jazo chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025