O‘zbekiston | 11:19 / 31.03.2024
7709
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram orqali odamlarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigit qo‘lga olindi

U Telegramda "Pul tiking, yutuq bor" mazmunida bot yaratib o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan.

Farg‘ona viloyatida yashovchi 17 yoshli yigit Telegram messenjeri orqali odamlarning pullarini o‘zlashtirib kelgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida yashovchi 20 yoshli ayol IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 32,5 mln so‘m noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona tumanida yashovchi 17 yoshli M.X. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, 17 yoshli yigit jabrlanuvchi bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga "Xalyami" botiga ulanib pul o‘tkazsa yutuq borligi haqida aytib ishontirgan.

So‘ng jabrlanuvchi 32,5 mln so‘mni "Mavlonbek Oripov" ismli shaxsga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib bergan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yigitning fosh etilmay qolgan shu turdagi boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid