Senat raisi Bekoboddagi fojia yuzasidan tekshiruvni nazoratga oldi. 28 yoshli ayol o‘limi zo‘ravonlik natijasida ro‘y bergani aytilgan
Turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam kaltaklab kelingan ayol 5-qavatdan tushib ketib, vafot etgani xabar qilingandi. Senat raisi Tanzila Norboyeva huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu holat bo‘yicha olib borayotgan o‘rganish jarayonlarini o‘z nazoratiga oldi.
27 mart kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 1996 yilda tug‘ilgan ayol ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan tushib ketib, vafot etdi. U turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelgan. Voqeadan 15 kun avval unga himoya orderi berilgan edi.
Oliy Majlis Senati matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Senat raisi Tanzila Norboyeva ayolning o‘limi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar olib borayotgan tergovga qadar tekshirish jarayonlarini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga Bekoboddagi bu vaziyat qo‘mita tomonidan o‘rganilayotgani, ayni paytda prokuratura va ichki ishlar tizimiga so‘rov yuborilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
16:12
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
16:34 / 17.11.2024