Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Rossiyadan kelgan kema sanksiyalar tufayli ushlandi
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kema Qo‘shma Shtatlarga ketayotgan bo‘lib, unga boshqa narsalar qatori qayin daraxti yog‘ochi va Amerika atom elektr stansiyalari uchun boyitilgan uran ortilgan.
Germaniya bojxona xizmati Atlantic Navigator II yuk kemasini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzganlikda gumon qilib, Rostok portida ushladi, deb xabar berdi dpa 2 aprel, seshanba kuni.
«Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan tovarlar bortda bo‘lgani sababli, kemani bojxonada ushlab turish to‘g‘risida buyruq olindi. Shuning uchun portni tark etish taqiqlanadi», - deya ma’lum qildi Rostok portlari va dengizchilari boshqarmasi.
Ossee-Zeitung (OZ) gazetasining yozishicha, Marshall orollari bayrog‘i ostida suzayotgan 193 metr uzunlikdagi yuk kemasi vintdagi texnik nosozliklar tufayli 4 mart kuni Rostok portiga ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida kirgan.
Ushlash holatiga kema bortidagi qanday yuk sabab bo‘lgani haqida rasman xabar berilmagan. Ossee-Zeitung’ning ikki manbasiga ko‘ra, kema Qo‘shma Shtatlarga yo‘l olgan hamda unga qayin yog‘ochi va Amerika atom elektr stansiyalari uchun boyitilgan uran ortilgan. Yukning umumiy qiymati taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025