O‘zbekiston | 09:32 / 05.04.2024
2901
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zini bank operatori sifatida tanishtirib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 

JKning 169-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi 42 yoshli (ayol) G‘.N. IIOga murojaat qilib, uning nomidan noma’lum sabablarga ko‘ra 14,5 mln miqdoridagi pul mablag‘lari yechib olinganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 19 yoshli Q.A. sodir etgani aniqlandi.

Unga ko‘ra, Q.A. jabrlanuvchi G‘.N.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini "bank operatori" sifatida tanishtirib, SMS-xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning hisobida bo‘lgan 14,5 mln so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Q.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid