AQSh Moliya vazirligi Rossiya banklari bilan operatsiyalarga vaqtincha ruxsat berdi
2024 yilning 1 noyabriga qadar Rossiya banklari bilan energetika bo‘yicha hisob-kitoblarga oid operatsiyalarni taqiqlash bekor qilindi.
AQSh Moliya vazirligi energetika sohasida Rossiya banklari, jumladan VTB, Markaziy bank, Sberbank va Alfa-bank bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishga vaqtincha ruxsat berdi. Amerika vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga ko‘ra, operatsiyalarni taqiqlash 2024 yil 1 noyabrgacha, uzaytirish imkoniyati bilan bekor qilindi, deb yozadi 29 aprel, dushanba kuni «Kommersant» gazetasi.
AQSh Moliya vazirligi neft, STG, yog‘och, ko‘mir va uranni qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, suyultirish, tashish yoki sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar energetikaga taalluqli deb hisoblanishini tushuntirdi. Lisenziya, shuningdek, Rossiya banklari bilan har qanday usulda energiya ishlab chiqarish, yetkazib berish yoki almashish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.
2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli hujumi boshlanganidan beri Vashington bir necha bor Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar kiritgan. Moliyaviy institutlar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi manfaatlarini ko‘zlab operatsiyalarni amalga oshirsa, ularga nisbatan ham cheklov choralari joriy etildi. Shu tariqa, aprel oyi oxirida AQSh Pekinning Rossiya harbiy ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlashini cheklash uchun ba’zi Xitoy banklarini jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ishlab chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024