Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.
5 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi.
Xorazm viloyatining Xiva shahrida o‘tgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.

Tashrif chog‘ida «Xiva gilamlari» kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.
Tashrif yakunida Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. So‘ng davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Mavzuga oid
12:16 / 17.05.2025
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi
17:19 / 11.04.2025