Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Rossiyaga ketayotganlardan o‘zi bilan isiriq olmaslikni so‘radi
Uzbekistan Airways Rossiyaga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilarga mamlakatda isiriq giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilganini eslatdi.
Uzbekistan Airways Rossiyaga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilarga o‘zlari bilan isiriq o‘simligini olmaslikni eslatdi.
Rossiya Federatsiyasi hukumatining farmoniga ko‘ra, harmala (isiriq) o‘simligi Rossiyada giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan.
Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan ushbu turdagi o‘simlikni qo‘l yukingizda va bagajda olib o‘tmasligingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:16 / 27.01.2025
Uzbekistan Airways Rossiya va Belarusga otlangan yo‘lovchilarni ogohlantirdi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024