Uzbekistan Airways Rossiya va Belarusga otlangan yo‘lovchilarni ogohlantirdi
O‘zbekistonliklarga bu davlatlarga nosvoy va isiriq olib o‘tishga urinmaslik tavsiya etildi.

Foto: Asia-Plus
Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi bojxona organlarining talablariga muvofiq, ushbu davlatlar hududiga chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini («nosvoy»), shuningdek, isiriq o‘simligini har qanday ko‘rinishda olib kirish qat’iyan taqiqlanadi. Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni ogohlantirdi.
«Ushbu taqiqni buzganlik uchun jarima va boshqa huquqiy oqibatlar, jumladan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar belgilangan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228 va 231-moddalari asosida). Qoidalarga rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.
2024 yil fevral oyida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin davlat nazorati ostida bo‘lishi shartligi belgilangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Ro‘yxatga yangi moddalar qo‘shilgan, jumladan Péganum hármala (rus tilida Gramala) o‘simligi ham kiritilgan. U O‘zbekistonda isiriq nomi bilan tanilgan. Isiriq nega taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilganiga rasman izoh berilmagan. Bunga o‘simlik tarkibida psixotrop alkaloidlar mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:25
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

17:24