O‘zbekiston | 14:20 / 08.04.2024
17046
1 daqiqa o‘qiladi

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi

Foto: Arnasoy tumani hokimligi matbuot xizmati

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi Ergash Soliyev ishtirokidagi sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, viloyat hokimi Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Odil Musanov nomzodini tavsiya qilgan. Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullagan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Odil Musanov Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib faoliyat olib borayotgan edi.

2020 yildan buyon tumanga Xurshid Alimardonov hokimlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid