Toshkentda mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etilmoqda
Toshkent shahrida mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etiladi. Ularning infratuzilmasi va tashqi ko‘rinishi yagona standartga keltiriladi, shaffof monitoring tizimi yaratiladi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov boshchiligida shahar sektorlari boshliqlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlarning mas’ullaridan iborat ishchi guruh Bektemir tumanining Oltintopgan, Mirobod tumanining Yangi Qo‘yliq, Yashnobod tumanining Jarboshi va Bog‘bon, Mirzo Ulug‘bek tumanining Alisherobod mahallalariga tashrif buyurib, ularning holatini o‘rganib chiqdi.
Mahallalar hududida jalb qiluvchi nuqta, oziq-ovqatlar va sut mahsulotlari bozorchasi, bolalar uchun o‘yingohlar, otalar choyxonasi, vorkaut maydonchasi, sog‘lom turmush tarzi uchun veloyo‘laklar va yugurish yo‘laklari kabi qulayliklar bo‘lishi, yo‘llarning ravon va xavfsizligi ta’minlanishi, hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning profilaktikasi izchil tashkil etilishi zarurligi aytildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tizimli yordam tashkil qilinib, ishsizlarning bandligini ta’minlash zarurati, shu jihatdan, aholining tadbirkorligini rivojlantirishda banklarning o‘rni katta ekanligi aytildi. Hududda istiqomat qilayotgan aholining soni va ro‘yxatdan o‘tganligini nazoratga olish topshirig‘i berildi.
Bundan tashqari, har bir mahallada jamoatchilik asosida ko‘chaboshi, uyboshi, yo‘lakboshi kabi xodimlarni jalb qilish, ishini samarali tashkil qilgan xodimlarni rag‘batlantirishda KPI tizimini joriy qilish kerakligi aytib o‘tildi.
Mahallalarda mavjud noqonuniy qurilmalarni bartaraf etib, ularni aholi uchun foydali, samarali maskanlarga aylantirish, kuzatuv kameralarini o‘rnatish orqali hududlarda xavfsizlik darajasini oshirish muhimligi muhokama qilindi.
Amalga oshirilgan tashriflar natijalariga ko‘ra tegishli mas’ul tashkilotlar va ularning rahbarlariga zarur topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024