Avtomobilsozlik sohasiga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilyapti
Prezident kooperatsiya asosida 365 turdagi butlovchi qismlar chiqarishni yo‘lga qo‘yib, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish muhimligini qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, avtomobilsozlikda yirik uzelli yig‘ish usulidan to‘liq texnologik siklga o‘tilgani yaxshi natija bo‘ldi.
Endilikda tarmoq rahbariyati oldida kelgusi uch yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilib, avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 100 mingtaga oshirish, 10 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasi turibdi.
Kooperatsiya asosida 365 turdagi butlovchi qismlarni o‘zimizda chiqarishni yo‘lga qo‘yib, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi.
Mavzuga oid
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
09:25 / 05.09.2024
Jizzaxda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14:14 / 26.08.2024