O‘zbekiston | 10:20 / 10.04.2024
3862
1 daqiqa o‘qiladi

Zomin qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketgani haqidagi xabarlar rad etildi 

Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Qo‘riqxona xodimlari so‘zlariga ko‘ra, shu kecha-kunduzda bu hududda ayiqning qochib ketgani holati kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin davlat qo‘riqxonasida ayiqlar tabiiy ravishda yashaydi. Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, shu kecha-kunduzda bu hududda ayiqning qochib ketgani holati kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yolg‘on ekani ma’lum qilinib, aholidan ortiqcha xavotirga tushmaslik so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid