Italiyada Toshkentdan Rimga yo‘lga qo‘yilgan parvozlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Rim shahridagi Leonardo Da Vinchi xalqaro aeroportida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan Toshkent-Rim-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan havo qatnovlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: «Dunyo» AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Rimdan Toshkentga yo‘l olgan birinchi reys orqali 115 nafar yo‘lovchi uchib ketdi. Ularning 95 nafarini italiyalik turistlar, 20 nafarini O‘zbekiston fuqarolari va turoperatorlar tashkil qildi.
Toshkent-Rim-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftaning yakshanba kuniga qo‘yilgan. Parvozlar yo‘lovchilar uchun xavfsizlik va qulaylikning eng yuqori standartlarini ta’minlovchi yangi Airbus A321neo samolyotlarida amalga oshiriladi.
Sayyohlar tomonidan bo‘lgan yuqori talabga binoan Uzbekistan Airways’ning Rim yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan samolyotlari Urganchda ham to‘xtab o‘tadi. Buning natijasida sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha Xorazmga tashrif buyurgan turistlar Ipak yo‘lining asosiy manzillaridan biri bo‘lgan ko‘hna Xiva shahri bilan tanishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

08:14 / 04.04.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:56 / 03.04.2025