Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makka shahrida qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona quriladi
Ziyorat va o‘qish uchun borgan qirg‘izistonliklar ushbu mehmonxonada bepul qolishi mumkin bo‘ladi.
Makka shahrida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ko‘magida mehmonxona qurilishi boshlandi. Bu haqda prezident administratsiyasi matbuot xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ziyorat va o‘qish uchun borgan qirg‘izistonliklar ushbu mehmonxonada bepul qolishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, bu mustaqil Qirg‘iziston tarixida birinchi marta sodir bo‘layotgan ulkan voqea ekani ta’kidlanadi. Biroq, boshqa tafsilotlar, jumladan mehmonxona kimning hisobidan qurilayotgani hozircha ma’lum emas.
Qirg‘izistondan Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar soni yil sayin ortib bormoqda. 2023 yilda Saudiya Arabistoni respublika uchun 6000 o‘rinli kvota ajratgan bo‘lsa, 2024 yilda bu raqam 6060 taga yetdi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025