Bo‘rijarda cho‘kib ketgan uchinchi qurbon ham topildi
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida oqib ketib vafot etgan ayol va uning 5 yoshli farzandi Rossiya fuqarolari, cho‘kkan uchinchi odam – o‘rta yoshlardagi xitoylik erkak ekani ma’lum bo‘ldi.

Videodan kadr
10 aprel kuni Toshkentdagi Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida uch kishi cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.
Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, qurbonlardan ikki nafari – ona-bola (birlamchi xabarda ular qarindosh emasligi aytilgandi). Keyinroq jasadi topilgan uchinchi qurbon – erkak esa ularni qutqarmoqchi bo‘lgan.
Voqea tafsilotlaridan xabardor manbaning bildirishicha, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko‘rgan erkak bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Bolaning onasi ham ularni qutqarmoqchi bo‘lib, yordam berishga harakat qilgan, lekin uni ham suv oqimi olib ketgan.
Cho‘kib ketgan 35 yashar ayol va 5 yashar bola Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Uchinchi qurbon o‘rta yoshlardagi Xitoy fuqarosi ekani aniqlandi.
Hozirda uchala jasad ham suvdan olib chiqilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

18:02 / 20.05.2025