Chasiv Yarda og‘ir janglar boshlandi, Izyum yaqinidagi vayrona qishloqqa odamlar qaytmoqda. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 778-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Xarkiv oblastida chegaradosh hududlardan bolali oilalar majburan evakuatsiya qilinishi boshlandi.
- Kiyev oblastidagi eng kuchli elektr stansiyasi hisoblangan Tripol IES Rossiya zarbasi oqibatida butkul vayron bo‘ldi.
- Rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
- Yevroparlament Ukrainaga Patriot tizimlari berilmagunicha Yevrokengashni moliyalashtirish masalasida ovoz berishdan bosh tortdi.
- Saxalinda — Rossiyada birinchi marta — harbiy o‘z ixtiyori bilan asir tushishda ayblandi.
Kun kadri. Chasiv Yar uchun janglar vaqtida chiqqan yong‘in
Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Chasiv Yar shahriga yurish qilmoqda — bu frontning mazkur uchastkasidagi strategik muhim nuqta. Bir hafta muqaddam Rossiya qo‘shini aviatsiya ko‘magida zirhli tanklar kolonnasi bilan hujum qilib, shahar chekkasidagi Kanal mikrorayoniga yetib kelgandi. Shundan buyon rayon uchun og‘ir janglar olib borilmoqda. Frontdagi vaziyat haqida bu yerda o‘qish mumkin.
Seversk yaqinidagi ukrain artilleriyachilari
RF qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining birinchi yilida — 2022 yil iyulida — Rossiya qo‘shini Severskni egallab olishga uringanida muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Bu Donetsk oblastining Baxmut rayonidagi aholisi 10 ming kishi atrofida bo‘lgan shahar. 2022 yil sentabridagi qarshi hujum davomida ukrain harbiylari RF qurolli kuchlarini shahar atrofidan surib tashlaydi. 2024 yil aprelda Rossiya qo‘shini shaharga yana bir bor yurish qilishga urinmoqda, ukrain artilleriyachilari Seversk mudofaasini davom ettirmoqda.
.
Ozod etilgan Dolgenke qishlog‘iga qaytayotgan aholi
Xarkiv oblasti Izyum rayonidagi Dolgenke qishlog‘i 2022 yil iyunida Rossiya qo‘shini tomonidan egallab olingan, o‘sha yil sentabridayoq Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan. Qishloq janglar vaqtida deyarli butkul vayron bo‘lgan, ammo aholining bir qismi bu yerga qaytib kelmoqda.
Mavzuga oid
20:12
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024