Ohangaronda 2 tup tog‘ lolasini uzgan yigit jarimaga tortildi
Yigitga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda 1,7 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llangan.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tog‘ lolasini uzgan yigitga chora ko‘rildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Reyd davomida tumanning Chetsuv mahallasi tog‘li hududida fuqaro I.E. tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 2 dona tog‘ lolasi uzib olingani aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda 1,7 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llangan.
Oldinroq Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan cho‘l burgutini sotayotgan shaxsga chora ko‘rilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
20:43 / 14.11.2024
Yevrokomissiya Meta’ni qariyb 800 mln yevro jarimaga tortdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
18:34 / 08.11.2024