Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisiga hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Jabborov Shuhrat Abdumajidovich Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Akbarov Abror Akmalovich esa qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Shuningdek, Hamroyev Bobur Zohir o‘g‘li Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Yunusov Ulug‘bek Mamajonovich esa agentlik direktori o‘rinbosari etib tayinlangan.
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025