Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda suvdan qarz bo‘lgan xonadon vakillari mas’ul xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, haqoratladi
Xonadon egasining farzandi suv ta’minoti tashkiloti xodimlariga kuch ishlatishga ham uringani videotasvirlarda qayd etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston tumanidagi xonadonlardan birida qarzdor oila suv ta’minoti tashkiloti xodimlarini haqoratlagani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda xonadon egasining farzandi xodimlarni do‘pposlashga uringani ham tasvirlangan. Video Guliston tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Sirdaryo suv ta’minot” AJ Guliston tumani bo‘limi xodimlari fuqarolarning ichimlik suvlaridan mavjud bo‘lgan qarzdorliklarni undirish yuzasidan Guliston tumani Sohil mahallasida bo‘lishgan.
Ular fuqaro ichimlik suvidan qarzdorlikni bir necha marotaba yuborilgan ogohlantirishlarga qaramasdan to‘lamasdan kelayotgani uchun fuqaro S.U.ning xonadonini ichimlik suvi tarmog‘idan uzish uchun borganda xonadon egasi va uning farzandi G.L.lar mas’ullarga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan.
Qayd etilishicha, “Sirdaryo suv ta’minot” AJ mas’ul xodimlarida tan jarohatlari aniqlanmagan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025