ISW: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi
Kreml Xarkivga zarbalar va shahar aholisiga qarshi axborot operatsiyalarini kuchaytirmoqda. ISW xabar berishicha, Rossiya Xarkivga fuqarolarni yangi hujum oldidan qochishga majburlash uchun bosimni kuchaytirmoqda.
Rossiya Xarkivga zarbalar va shahar aholisiga qarshi axborot operatsiyalarini kuchaytirdi, bu shaharga ehtimoliy yangi hujumlar oldidan fuqarolarni qochish, millionlab odamlarni esa mamlakat ichida ko‘chishiga majbur qilishi mumkin, deb xabar berdi 23 aprel, seshanba kuni Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW).
Uning tahlilchilariga ko‘ra, rossiyaliklar Ukrainaning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlari cheklanganligi va Ukrainada keskinlik kuchayishidan foydalanib, Ukrainaga Amerika harbiy yordamining yangi partiyasi kelishidan oldin qisqacha ochilgan imkoniyatlar oynasidan foydalanishga intilmoqda.
Kreml propagandasi, shuningdek, Xarkiv aholisining Rossiya shaharga hujum qilishi mumkinligi haqidagi xavotirlaridan foydalanmoqda va ukrainaliklar orasida vahima uyg‘otish uchun muvofiqlashtirilgan axborot operatsiyasini o‘tkazmoqda.
ISW: Rossiyaning Xarkivda muvaffaqiyat qozonish imkoniyati juda past
Shu bilan birga, ISW tahlilchilari, agar Ukraina tezda Qo‘shma Shtatlardan yangi keng ko‘lamli harbiy yordam paketini oladigan bo‘lsa, Rossiyaning Xarkivga quruqlikdagi muvaffaqiyatli hujumi ehtimoli juda past bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Ukraina rasmiylari avvalroq Rossiya qo‘shinlari Xarkivga qarshi quruqlikdagi operatsiyani shu yilning yozida boshlashi mumkin bo‘lgan ssenariyni ko‘rib chiqqan edi, biroq ISW tahlilchilariga ko‘ra, agar Ukraina qo‘shinlari uni himoya qilish uchun yetarlicha jihozlangan bo‘lsa, rossiyaliklar shaharni egallay olmaydi.
22 aprel kuni Rossiya qo‘shinlari Xarkivga yana ommaviy zarbalar berdi. Ulardan biri natijasida Xarkiv teleminorasi vayron bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:28 / 25.11.2024
O‘zbekiston banklarida «Gazprombank» UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024