O‘zbekiston | 09:43 / 23.04.2024
3682
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijga ketgan yoshlarning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda xorijga ketgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda IIV ma’lumotida aytilgan.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

Vazirlik xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida chet elga ketgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

IIV profilaktik suhbatda aynan nimalar haqida so‘z yuritilgani to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etmagan.

Shuningdek, boshqa hududlarda ham shunday suhbatlar o‘tkazilayotgani borasida xabar berilmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid