Avtomobil yuvish shoxobchasini ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan shaxs aniqlandi
Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “M.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar “Yangisor” MFY hududidagi bog‘dorchilik yer maydoniga o‘rnatilgan 2 ta suv nasosini hamda dala shiyponidagi texnikalarni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 515,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani, shuningdek elektr ta’minoti bo‘yicha shartnomasini soxtalashtirgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.X. Kattaqo‘rg‘on tumani “Navbahor” MFY hududidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga ulab, jami 125,9 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Norin tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.A. “Yaydoq” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 108,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish ) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:44 / 28.09.2024
Har 100 ta so‘z uchun yarim litr suv. Sun’iy intellekt chatbotlari jiddiy ekologik muammolarni yuzaga keltiradimi?
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
09:20 / 09.09.2024
Suv havzalarida motorli transport vositalari harakatiga ruxsat beriladi
15:00 / 07.09.2024