Eron prezidenti Isroilni butunlay yo‘q qilish bilan tahdid qildi
Raisiy Isroilni o‘z mamlakatiga hujum qilish oqibatlaridan ogohlantirdi.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy o‘z mamlakatiga har qanday tajovuz sodir bo‘lsa, Isroilni butunlay yo‘q qilish bilan tahdid etdi. Bu haqda IRNA xabar berdi.
«Agar sionistik rejim yana bir bor muqaddas Eron zaminiga hujum qilishdek xatoga yo‘l qo‘ysa, vaziyat boshqacha bo‘ladi va bu rejimdan hech narsa qoladimi-yo‘qmi noma’lum», dedi Raisiy.
Eron rasmiylari Isroil davlatini «sionistik rejim» deb ataydi.
Prezidentning ta’kidlashicha, Eron aprel oyi boshida Suriyadagi Eron konsulligi binosiga berilgan zarba uchun Isroilni raketa zarbasi bilan «jazolagan».
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroil tomon 300 ga yaqin raketa va dronlarni uchirdi. Bu zarba Eronning Damashqdagi konsulligiga qilingan hujumga javob ekani aytildi, buning oqibatida eronlik 5 nafar xodim halok bo‘lgan edi.
Isroil mudofaa kuchlari Eron raketalarining 99 foizi urib tushirilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
21:53 / 02.10.2024
Livan janubiga bosqin: Isroil harbiylari quruqlikdagi janglarni boshladi, ilk qurbonlar bor
20:53 / 02.10.2024
«Eron katta xatoga yo‘l qo‘ydi va buning uchun to‘lov qiladi». Isroil javob qaytarish bilan tahdid qilmoqda
18:22 / 02.10.2024