Kongoda maymunchechak epidemiyasi boshlangani e’lon qilindi
Beshta hududda kasallanish bo‘yicha 19 ta holat tasdiqlandi, jumladan, poytaxt Brazzavilda ham.
Kongo Respublikasi o‘z hududida maymunchechak epidemiyasi boshlanganini e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Gilbert Mokoki xabar berdi.
«Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi boshlandi. Beshta hududda kasallanish bo‘yicha 19 ta holat tasdiqlandi, jumladan, poytaxt Brazzavilda ham», dedi vazir.
Qayd etilishicha, ayni damda mamlakatda ushbu kasallikdan o‘lim holatlari kuzatilmagan. Aholi hayvonlar bilan aloqa qilmaslikka chaqirilgan.
Avvalroq kanadalik tadqiqotchilar Kongo Demokratik Respublikasi sharqida «pandemiya salohiyati»ga ega maymunchechakning xavfli yangi shtammini aniqlagan edi.
Virus kambag‘al, aholi zich joylashgan oltin qazib oluvchi shaharcha Kamitugada topilgan. Tadqiqotchilar virusni «ushlab turish» va global epidemiyaning oldini olish uchun «shoshilinch choralar» ko‘rishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 05.10.2024
Kongoda Mpox oqibatida vafot etganlar soni 1000 kishiga yaqinlashdi
00:30 / 14.09.2024
Kongoda davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 37 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
00:00 / 06.09.2024
Kongo mpox’ga qarshi vaksinaning birinchi partiyasini qabul qilib oldi
00:48 / 04.09.2024