Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Airbus’ga Rossiya titanidan foydalanishga ruxsat berdi
Kanada, yetkazib beruvchi «VSMPO-Avisma» kompaniyasiga qarshi kiritilgan sanksiyalarga qaramay, Airbus’ga samolyot ishlab chiqarishda rus titanidan foydalanishga ruxsat berdi.
Kanada hukumati Ottava tomonidan Rossiya Federatsiyasining titan ishlab chiqaruvchi «VSMPO-Avisma» kompaniyasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalariga qaramay, Airbus kompaniyasiga mamlakatda samolyotlar ishlab chiqarish uchun rus titanidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda 24 aprel, chorshanba kuni Reuters agentligi xabar qilgan.
«Airbus Kanada hukumati «VSMPO-Avisma»ga qarshi sanksiyalar qo‘llayotganidan xabardor va amaldagi sanksiyalarga muvofiq Airbus operatsiyalari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ruxsatni olgan», deya ma’lum qildi Airbus Canada Reuters so‘roviga javoban.
Agentlikning ta’kidlashicha, bu qaror Airbus’ga «Kanadadagi zavodlarida moslashuvchanlikni» ta’minlaydi va ishlab chiqarishda asosan titanga tayanadigan Airbus samolyotlarini Kanadaga olib kirishni amalda taqiqlash uning faoliyatiga zarar yetkazishi mumkinligi haqidagi «tashvishlarni bartaraf qiladi».
Airbus rus titanidan voz kechishga va’da berdi
Rossiyaning «VSMPO-Avisma» korporatsiyasi dunyodagi eng yirik titan ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. U 2024 yil fevral oyida Kanada sanksiyalari ostida qoldi. O‘tgan yilning kuzida Rossiya harbiy sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarilishi sababli korporatsiyaga qarshi AQSh sanksiyalari joriy etilgan edi.
Airbus 2022 yil dekabr oyida Rossiyadan titan yetkazib berishni bir necha oyga to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025