O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi
60 yoshdan yuqori yoshdagilar soni qariyb 3,5 mln kishini tashkil etyapti.
2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi tarkibida 60 yoshdan yuqori yoshdagilar soni qariyb 3,5 mln kishini tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, bu O‘zbekistonning jami doimiy aholisining 9,4 foiziga yetgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda - 2,7 foiz.
Undan keyingi o‘rinlarni doimiy aholi soni o‘sishi mos ravishda 2,5 foiz hamda 2,2 foizni tashkil etgan Surxondaryo viloyati va Namangan viloyati egalladi.
Mavzuga oid
11:38 / 25.10.2024
Viloyatlar orasida eng zich aholi Andijonda yashashi ma’lum qilindi
10:59 / 25.10.2024
Samarqand viloyati aholisi 4,3 mln kishiga yaqinlashdi
08:10 / 23.10.2024
BMT: Urush boshlangandan beri Ukraina aholisi 8 mlnga kamaydi
16:19 / 09.10.2024