Toshkentda eng ko‘p qaysi hudud haydovchilari yo‘lovchilarni tashiyotgani aytildi
Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyati haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda.
6 ta onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashdi.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu agregatorlar orqali yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarga tegishli bo‘lgan 199,1 mingta avtomobil mavjud.
Shundan 64 foizi Toshkent shahrida harakatlanadi. Ularning aksariyati quyidagi hududlarga to‘g‘ri keladi:
▫️Toshkent shahri (avtomobil raqami kodi 01) - 54,6 foiz;
▫️Toshkent viloyati (avtomobil raqami kodi 10) - 17,9 foiz;
▫️Qashqadaryo viloyati (avtomobil raqami kodi 70) - 5 foiz;
▫️Farg‘ona viloyati (avtomobil raqami kodi 40) - 3,3 foiz.
Mavzuga oid
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
17:02 / 12.11.2024
Piskentda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida qariyb 16 ming tup olxo‘ri daraxti yonib ketdi
14:15 / 12.11.2024