Elektr, suv va gazdan qarzdorlikni yo‘q qilib berish uchun pul olganlar ushlandi
Tabiiy resurslardan mavjud qarzdorliklarni yo‘q qilib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xonobod shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Xonobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi elektromontyori Sh.K. “B.X.” MChJning “Anhor” MFY hududidagi kafe binosida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani holati bo‘yicha hisoblangan 32 mln so‘m zararni tanishlari yordamida 2 mln so‘mgacha kamaytirib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Uchtepa tuman bo‘limi DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJning Uchtepa tuman bo‘limi inspektori A.B. fuqaro K.D.ning xonadonida ichimlik suvi ta’minotidan 7 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “Hududgaz-Samarqand” GTF tuman bo‘limi xodimi S.Q. fuqaro M.M.ning ishonchiga kirib, uning xonadonini gaz tarmog‘iga qayta ulab, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 250 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:46 / 21.11.2024
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
08:10 / 20.11.2024
Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
08:50 / 19.11.2024