Jahon | 13:19 / 27.04.2024
5164
3 daqiqa o‘qiladi

Krasnodar o‘lkasida NQZ dronlar hujumidan so‘ng zarar ko‘rdi

Slavyansk neftni qayta ishlash zavodida ajratish bloki shikastlangan va 5 kvadrat metr maydonda yong‘in sodir bo‘lgan. Severskiy tumanidagi Ilskiy neftni qayta ishlash zavodiga ham hujum qilingani xabar berilgan. 

Foto: Veniamin Kondratev/Telegram/AP Photo/picture alliance

27 aprel, shanbaga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasiga dronlar hujumi natijasida Slavyansk-Kuban shahridagi Slavyansk neftni qayta ishlash zavodi (NQZ)ga zarar yetdi, deb yozadi Neftegaz.ru internet-nashri Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratevga tayanib. 

Avvalroq Kondratev o‘zining Telegram-kanalida Rossiya havo mudofaasi «Slavyansk, Severskiy va Kushchevskiy tumanlarida 10 dan ortiq dronlarni tutib olgani»ni ma’lum qilgandi. «Ular neftni qayta ishlash zavodlari va infratuzilma obektlariga hujum qilishga uringan, qurbonlar va jiddiy zarar yo‘q», - deyiladi gubernator postida. U hujum nishoniga aylangan neftni qayta ishlash zavodlari nomini keltirmadi. 

Slavyansk tumani rahbari Roman Sinyagovskiy ham 27 aprel kuni erta tongda mahalliy neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar berdi. «Slavyansk neftni qayta ishlash zavodida ajratuvchi blok shikastlangan va 5 kvadrat metr maydonda yong‘in sodir bo‘lgan, yong‘in o‘chirildi», — deb yozdi u Telegram’da. 

«Slavyansk-Kubandagi zavod hududiga jami 9 ta hujum uyushtirilgan, o‘rnatilgan himoya tizimi tufayli rezervuar parki zarar ko‘rmagan. Yong‘in mas’ul xizmatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan o‘chirildi», — deyiladi mahalliy ma’muriyat xabarida. 

Ilskiy NQZga dronlar hujumi 

«Jivaya Kuban» mintaqaviy internet-nashri Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari Krasnodar o‘lkasining Severskiy tumanidagi Ilskiy neftni qayta ishlash zavodiga ham hujum qilgani haqida yozdi. Nashrda ta’kidlanganidek, mahalliy aholi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda chaqnash va portlash tovushlari aks etgan video e’lon qilindi. 

«Ukraina qurolli kuchlarining kamikadze uchoqlari ertalab soat 4 da zarba berdi – portlashlar 30 daqiqadan ko‘proq to‘xtamadi, havo hujumidan mudofaa tizimi va radioelektron urush tizimlari ishga tushdi», — deyiladi nashrda. 

Ukraina agentliklari mahalliy aholiga tayanib xabar berishicha, 27 aprelga o‘tar kechasi Kushchevskaya qishlog‘idagi harbiy aerodromda ham yong‘in sodir bo‘lgan. 

Mavzuga oid